Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Menni Pakyaoning uyini tunab ketishdi

Shahobiddin
Izohlar: 1

19 yanvar kuni filippinlik bokschi Edrien Bronerni mag‘lub etgan edi

19 yanvar kuni o‘rta vazn toifasining WBA Regular chempionlik kamari sohibi filippinlik bokschi Menni Pakyao Edrien Broner ustidan ochkolar bo‘yicha ustun kelgan. Ertasi kuni esa bokschining Los-Anjelesdagi uyiga bezorilar o‘g‘irlikka kirishgan.

TMZ nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu voqea haqida Pakyao jamoasi a’zolaridan biri ma’lum qilgan. O‘g‘rilar xavfsizlik tizimlarini buzishib, uyni tartibsiz holga keltirishgan.

Bu vaqda bokschining o‘zi Las-Vegasda bo‘lgan. Aynan nimalar o‘g‘irlanganligi haqida politsiya xabar qilganicha yo‘q. O‘g‘rilarni qidiruv ishlari ketmoqda.

Avvalroq Pakyao va Meyvezer o‘rtasidagi ikkinchi jang o‘tkazilishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q