Messi: Xorxe Sampaolining gapi meni xursand qildi

  • 31 mart, 2017, 20:17
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xabaringiz bor, bugun matbuotda “Sevilya” ustozi Xorxe Sampaoli Messini shug‘ullantirish orzusi borligini aytib o‘tgandi. Bunga esa Ispaniya nashrlari Messidan ham javob olishdi.

- Albatta, Xorxe Sampaoli professional mutaxassis. U qaysi jamoani boshqarmasin kuchli darajaga olib chiqa olgan. Uning men haqimda aytgan gaplaridan xursandman. “Barselona”ni boshqarishi? Bizni Luis Enrike boshqarmoqda. Kelajak borasida oldindan fikr bildira olmayman, - deydi Leo.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorxe Sampaoli yozda “Barselona”ni boshqarishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!