Milan Mitrovich : Jizzax va jizzaxlik muxlislar menga juda yoqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kuni kecha Superliganing qoldirilgan 14-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Qiziqarli va shiddatli bahsda “So‘g‘diyona” raqiblarni yirik — 3:0 hisobida taslim etdi. Transfer oynasida jizzaxliklar tarkibiga kelib qo‘shilgan serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich o‘z o‘yini bilan muxlislar ko‘nglidan joy olib bormoqda. "Buxoro"ga qarshi o‘yindan so‘ng "So‘g‘diyona" matbuot xizmati Milan Mitrovich bilan suhbat qildi.

- Milan, avvalo O‘zbekistonga xush kelibsiz. "So‘g‘diyona" tarkibida 2 ta o‘yin o‘tkazdingiz. Ta’ssurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Katta raxmat. Jamoaga kelganimdan xursandman. Bu erda meni juda iliq kutib olishdi. Muxit esa a’lo darajada. Har bir mashg‘ulotda borimizni berib mehnat qilayapmiz. O‘yinlarga keladigan bo‘lsak, “Metallurg”ga qarshi bahsda tasodifan mag‘lub bo‘ldik. Ular birgina imkoniyatdan foydalanib gol kiritdi biz esa o‘yin oxirigacha hisobni tenglashtirolmadik. Afsus…. Kechagi o‘yindan esa ko‘nglim to‘ldi. Juda kerakli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

“So‘g‘diyona”  o‘z so‘zini ko‘p aytadi ishonaman. Biz ko‘pchiligimiz hali jamoada yangimiz. Shuning uchun ham hali bir birimizni ozroq tushunish qiyin bo‘layapti. Lekin biz har bir mashg‘ulotda mehnat qilayapmiz. Murabbiylarimiz bizni faqat olg‘a undamoqda. Ishonaman, jamoa bilan bir oila bo‘lib o‘z bilimimizni va kuchimizni ko‘rsatamiz. Jamoadoshlarimdan minnatdorman. Bir necha kundan beri Jizzaxda  bo‘lsam-da, o‘zimni begonadek his qilmayapman. Hamma qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu sababli muhitga  moslashishim qiyin bo‘lmapti. “So‘g‘diyona” g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman.

Kechagi o‘yinda muxlislar jamoani ajoyib qo‘llab-quvvatladi. Ularga qanday tilaklaringiz bor?

-Jizzaxlik muxlislar menga juda yoqdi. Haqaqatda ajoyib muxit bo‘ldi. Bunaqasini kamdan kam kurganman. Ayniqsa mag‘lubiyatlan so‘ng ular bizni faqat qo‘llab-quvvatladi. Og‘ir kunimizda yonimizda bo‘ldi va bizni olg‘a undadi. Biz esa javoban ularga g‘alabani taqdim etdik. G‘alaba muxlislarniki. Barchaga raxmat. Biz ishlashda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!