
"Milan" qishda MYu hujumchisini qo‘lga kiritmoqchi
RMC Sport xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi "qizil iblislar" bilan shartnomani yangilamoqchi emaslgini bayon qilgan. Qayd etish joiz, Marsyalning "qizil iblislar" bilan amaldagi kelishuvi 2019 yil yozda nihoyasiga etadi.
"Milan" esa qishda uni sotib olmoqchi. Shuningdek 22 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Chelsi"si ham qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Marsyal MYu safida jami 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 9 ta gol kiritib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar