
Millatlar ligasi. Bugun JCh-2018ning chorak finalchilari o‘zaro bahs yuritishadi
Avval xabar berganimizdek bugun UEFA Millatlar ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari boshlanadi. Jumladan, Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida Shvetsiyani qabul qiladi.
Uchrashuviga oid qiziqarli faktlar:
- Rossiya terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘z maydonida o‘tkazilgan so‘nggi 2ta o‘yinda g‘alaba qozongan.
- Ruslar so‘nggi bor 1998 yil shvedlarga qarshi o‘yinda gol ura olishmagan. Biroq, shundan so‘ng o‘tkazilgan 4ta o‘yinda ular raqib darvozasiga yo‘l topa olishgan.
- Rossiya terma jamoasi so‘nggi 7ta o‘yindan bor yo‘g‘i 1tasida asosiy bo‘limda mag‘lub bo‘lgan.
- Rossiya ham Shvetsiya ham yozda bo‘lib o‘tgan JCh-2018da chorak finalga qadar etib bora olishgan edi.
Rossiya – Shvetsiya
Stadion: "Kaliningrad" (Kaliningrad)
Boshlanish vaqti: 00:45
Bosh hakam: Luka Banti (Italiya)
Taxminiy tarkiblar:
Rossiya: Gilerme – Fernandes, Djikiya, Noyshtedter, Kudryashov – Gazinskiy, Zobnin – Cheryshev, Golovin, Kuzyaev – Dzyuba.
Shvetsiya: Olsen – Lustig, Lindelef, Yansson, Augustinsson – Durmaz, Ekdal, Larsson, Klasson – Berg, Telin
Fikrlar