Moskvadagi AIBA kongressidan fotoreportaj

  • 3 noyabr, 2018, 14:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni damda Moskva shahrida xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi (AIBA) navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Mazkur kongressga 200 dan ortiq boks federatsiyalari a’zo hisoblanadi. Yig‘ilishning kun tartibidagi mavzusi tashkilotga yangi prezident tayinlash hisoblanadi. Hozirda ushbu lavozimga ikkita nomzod qo‘yilgan. Ular biri o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov bo‘lsa, ikkinchisi qozog‘istonlik Serik Konakbaev.

Ayni damda tashkilotni vaqtinchalik G‘ofur Rahimov boshqarib kelmoqda. O‘tgan yili noyabr oyida AIBAning ko‘p yillik prezidenti Ching-Kuo Vu iste’foga chiqarilgan va uning o‘rnini o‘sha vaqtda vaqtinchalik AIBA vitse-prezidenti italiyalik Franko Falchinelli egallagan edi. Joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan navbatdan tashqari kongressda Rahimov vaqtinchalik prezident etib tayinlangan.

Kecha, 2 noyabr kuni kongressning birinchi kunida AIBAning tarkibiy bo‘limlari tomonidan o‘tgan to‘rt yil ichida qilingan ishlar, amalga oshirilgan rejalarni sarhisob etildi va assotsiatsiya byudjeti e’lon qilindi. Shuningdek, tashkilot prezidenti vazifalariga aniqlik kiritildi.

AIBA congress moskow

AIBA 2018

AIBA congress 2018

AIBA congress 1

Gafur Rahimov

AIBA congress 2018 moskow

Serik konakbaev

Gafur Rahimov 2

AIBA congress 3

kun.uz

AIBA

Rasmlar: kun.uz 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!