
Mourino MYuda qaysi futbolchilarni olib qolmoqchi?
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoada yarim himoyachilar Xuan Mata va Ander Errerani olib qolmoqchi. Ularning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
– Ular o‘ynamasa yoki hattoki asosiy tarkibda tushmasa ham bu futbolchilarni xarakter jihatdan olib qolishni istagan bo‘lardim. Ularning jamoaga ta’siri katta. Futbolchilar ajoyib futbolchilar. Men ularni yo‘qotishni istamagan bo‘lardim, – deydi Mourino.
Avvalroq “Manchester Yunayted” Mata va Errera bilan shartnomani uzaytirishga hozirlik ko‘rayotgani aytilgan edi.
Fikrlar