
Mourino hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonmoqda
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino APLdagi omadsiz start haqida gapirib o‘tdi.
“Men hali chempionat boshlanmasidan oldin bu mavsum qiyin kechishini aytgandim. Biz ikki marta mag‘lub bo‘ldik, lekin oldinda yana 35ta o‘yin bor. Aniq maqsad? Dastlab “Byornli”ni yutish, keyin “Uotfor”ni mag‘lubiyatga uchratish. Mana bizning maqsadimiz. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonmoqchimiz.
O‘tgan mavsum biz fantastik startni ko‘rsatgan edik. Dastlabki 3ta o‘yinda 10ta gol urib 9 ochkoni qo‘lga kiritgandik. Lekin keyin 2ta o‘yinni boy berib qo‘ydik. Balkim bu safar 2ta o‘yinda mag‘lub bo‘lib, g‘alabali seriyamiz endi boshlanar”, - deydi 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, MYu premer-liganing o‘tgan 3ta turidan faqat 1tasida g‘alaba qozondi, qolgan 2tasida esa mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar