Mourino jingalak soch futbolchini Londonga jo‘natadi
"Manchester Yunayted" qishki transferlar mavsumida Joze Mourinoga to‘g‘ri kelmay qolgan futbolchilardan qutilmoqchi. Kuning uchun klub futbolchilarni ijaraga berishga rozi bo‘lmayapti va ularni to‘liq transfer qilmoqchi.
Portugaliyalik mutaxassis Manchesterga kelgach, asosiy t arkibdagi joyidan ajralib qolgan Maruan Fellaini ham klubni tark etishga yaqin turibdi.
"Manchester Yunayted"ga 2013 yili 32 million evro evaziga o‘tgan belgiyalik futbolchiga "Vest Xem" da’vogarlik qilmoqda. Biroq, London klubini 29 yoshli futbolchining transfer narxi o‘ylantirib turibdi.

Fikrlar