Musaevning Yaponiyadagi ilk mavsumi qanday o‘tdi?

  • 2 dekabr, 2017, 12:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun Yaponiya J ligasiga yakun yasaladi. Hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” klubi o‘z maydonida “Kashima Antlers” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va mavsumni 6-o‘rinda yakunladi.

Tecno

Xo‘sh, hamyurtimiz mavsumni qanday o‘tkazdi? Fozil Yaponiya chempionatidagi 34 o‘yinda 31 bor maydonga tushdi. U bu o‘yinlarda 4 bor gol kiritdi va yana shuncha bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi. Bundan tashqari Musaev bir bor maydondan chetlatildi ham. E’tiborlisi, u o‘ynagan 31 o‘yinning 21 tasida 90 daqiqa to‘p surgan.

Qayd etish joiz, “Jubilo Ivata”ning faqatgina 4 futbolchisi mavsum davomida Musaevdan ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Musaevning yapon klubi bilan yana bir mavsumlik shartnomasi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!