
Nadiya Dusanova sovrini uchun musobaqa o‘tkazildi
Kecha poytaxtimizdagi Olimpiya zahiralari kollejining manejida MHSK tashabbusi bilan tashkil qilingan musobaqa o‘z yakuniga etdi. E’tiborlisi, ushbu bellashuvlar so‘nggi paytda xalqaro arenalarda yuqori marralarni zabt etib kelayotgan hamyurtimiz Nadiya Dusanova sovrini uchun bo‘ldi.
Joriy turnir barcha yosh toifasi uchun ochib bo‘lib, unda Respublikamizning etakchi atletlari o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Asosiysi bu turnir orqali terma jamoamiz murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil boshidagi holatini sinovdan o‘tkazib oldilar. Musobaqada Elmira Gazizova, Anvar Sarimsoqov, Doston Saydaliev, Sabina Shirieva, Dmitriy Putko, Saida Abdumo‘minova, Anvar Safarov, Nikita Loginov, Irina Levina kabi atletlar o‘z yo‘nalishida g‘olib bo‘lishdi.
Fikrlar