
Namanganda “Aviamodel” va “Raketamodel” sport sektsiyasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan "Sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish" buyicha berilgan topshiriklariga asosan sportning texnik va amaliy turlarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Chust tuman o‘quv sport texnika klubida yangi tashkil etilgan hamda zamonaviy uslubda jihozlangan “Aviamodel” va “Raketamodel” sport sektsiyasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Yangi tashkil etilgan ushbu sektsiyada Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan Jahon Kubogi musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi N. Zayliddinovning murabbiyligi ostida mashg‘ulotlar olib boriladi.
Ushbu tadbirda Namangan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh. Qoraboev, Chust tuman hokimi o‘rinbosari Z.Boyboev, “Nuroniy” jamg‘armasi Chust tuman bo‘limi vakili A.G‘ofurov, “Vatanparvar” tashkiloti faxriysi A.Abdug‘afforov, Chust tumanidagi harbiy litsey o‘quvchilari va OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Fikrlar