“Nasaf” Oliy Ligadagi 589-o‘yinini o‘tkazadi

  • 4 mart, 2017, 09:03
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Bugun “Nasaf” jamoasi futbol bo‘yicha XXVI O‘zbekiston chempionatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. “Ajdarlar”ning chempionatdagi dastlabki uchrashuvi o‘zbek futboli tashkil bo‘lgan ko‘hna va navqiron Qo‘qon shahri jamoasi bilan bo‘ladi.

“Nasaf” bu yil O‘zbekiston chempionatidagi 21-ishtirokini boshlaydi. Jamoaning bugungi uchrashuvi oliy ligadagi 589-o‘yini sifatida tarix sahifasidan joy oladi. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev faoliyati davomida o‘z shogirdlarini chempionatda 122-marta maydonga boshlab tushadi.

Bugungi uchrashuvni FIFA referisi, qit’amizning to‘rt karra eng yaxshi hakami – Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Uchrashuvning zaxira hakami etib A. Ergashev tayinlangan. Hakamlar ishini bugun A.Abdullaev nazorat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!