"Navbahor" yana "Buxoro"dan ustun keldi (video)
Boisi, mazkur jamoalar turnir jadvalida qo‘shni edilar. Bundan tashqari, mazkur o‘yindan biroz oldin yakunlangan “Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvida durang – 1:1 hisobi qayd etilib, buxoroliklarning ham kuchli oltilikdan o‘rin olishlari hal bo‘lgandi. Shu sababli, mazkur bahs “oltin ochkolar”ni hal qiluvchi o‘yin edi. Shunga yarasha uchrashuv keskin kurashlar ostida kechdi va unda namanganliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Birinchi davrada Buxoroda o‘tkazilgan bahsda ham Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Shu tariqa “Buxoro” joriy mavsumda ikkinchi "Navbahor"ga engildi va mazkur klub bilan o‘zaro o‘yinlarda birorta ochkoni qo‘lga kirita olmadi. Bu kuzda ularga qimmatga tushishi mumkin.
Quyida esa kechagi o‘yin videosharhini tomosha qilish imkoniga egasiz.

Fikrlar