Nazoart bahsida «Mash’al» yirik hisobda g‘alaba qozondi
Pro-liga bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Muborakning "Mash’al" klubi bugun o‘z maydonida qo‘shni Buxoro viloyatining «Labsa» jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.
Mazkur bahsda "gazchichilar" yirik - 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollarga, Abdulloh Olimov, Vohid Shodiev, Jamoliddin Ubaydullaev va Mirzkamol Kamolovlar mualliflik qilishdi.
Ertaga esa «Mash’al» o‘zining ikkinchi nazorat bahsini o‘tkazadi. Mazkur bahs G‘uzorda «Sho‘rtan»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Nazorat o‘yini
"Mash’al" - "Labsa" 4:0
Gollar: Abdulloh Olimov, Vohid Shodiev, Jamoliddin Ubaydullaev, Mirzkamol Kamolov
«Mash’al» (Muborak): 40. Doston To‘xtaboev, 44. Asilbek Begimqulov, 28. Axror Inoyatov, 2. Zafar Akramov, 22. Bobur Qosimov, 9. Abdullox Olimov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 14. Vohid Shodiev, 25. Doston Umarov, 8. Mirzakamol Kamolov, 70. Akrom Baxriddinov.
«Labsa» (Buxoro): 16. Shaxzod Shamsiddinov, 6. Said Ashurov, 13. Samadov Kamol, 22. Saidov Begzod, 20. Islom Xoliqov, 17. Feruz Muinov, 4. Xurshid Hasanov, 2. Akobir Voxidov, 27. Hasanov Narimov, 14. Firdavs Asadov, 3. Jamshid Yarashov.

Fikrlar