Nega Valverdening yangi shartnomasi kutilmagan bo‘ldi? (E. G‘aybullaev blogi)

  • 17 fevral, 2019, 10:56
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha “Barselona” jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan yangi shartnomaga imzo qo‘yishdi. Tajribali murabbiy 2017-yilda klub boshqaruviga tayinlangan edi. O‘shanda mavsumni Ispaniya Superkubogidagi mag‘lubiyat va azaliy raqibi “Real”ga qarshi dastlabki ikki o‘yinni yutqazganiga qaramay u “ko‘k-anorranglilar”ni mavsum yakunidagi ichki chempionat g‘olibiga aylantira olgandi.

Ayni vaqtda Valverde etakchiligida ikkinchi mavsumining yarmida borayotgan kataloniyaliklar La Ligada peshqadam, Qirol Kubogi yarim finalida ishtirok etmoqda, Chempionlar Ligasi nimchorak finalidagi ishtirokini tez orada boshlaydi.

Aftidan hammasi yaxshi ketayotgan bo‘lsada, klub u bilan shartnomani uzaytirgani ma’lum bo‘lgach, ko‘pchilik “rostdanmi”, “nega” deya o‘z munosabatini bildirganlar ko‘p bo‘ldi. Xo‘sh, nimalar uning “Barsa” bilan shartnomasi uzaytirilishiga hayrat bag‘ishladi?

Yaxshi tomoni

“Barselona” Ernesto Valverd soyasida ancha muvaffaqiyatli yo‘ldan bormoqda. U jamoaga kelgan paytda klub xaosga ko‘milib qolgandi. Azaliy raqibi “Real” esa 2012-yildan beri ilk marotaba La Ligaga ega chiqib kataloniyaliklarning hukmronligiga barham bergandi. Valverdening “Barsa”si esa Zidanning “Real”ini 17 ochko ortda qoldirgan holda chempionlik kamarini qaytarib oldi.

Valverde bu chempionlikni unga arzimaydigan tarkib bilan yutgani e’tiborga sazovor. Usmon Dembele yarim mavsum jarohati sabab klubga yordam bera olmadi. Filippe Koutino esa yanvargacha “Barsa”ga ko‘chib o‘tishni kutdi. Luis Suares esa ko‘p vaqtini darvozani aniq nishonga olish bilan besamar o‘tkazdi. Mavsumning anchagina qismini Paulino Messidan keyingi eng yaxshi to‘purar sifatida o‘tkazdi.

Valverdening taktik intizomi va taxdidni minimal tarzda kamaytirishga bo‘lgan sodiqligi unga juda qo‘l keldi. Ikkinchi mavsumida ham bu vaziyat uning foydasiga ishlaomqda. Uning qo‘li ostida kataloniyaliklar 96 o‘yindan 65 tasini g‘alaba bilan yakunlashdi. Atigi 9 bora mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishdi. Ular 233 gol urib atigi 78 gol o‘tkazib yuborishdi. Quruq o‘yinlari soni esa 45 taga etdi.

Eng muhimi “Barselona”ning “qariya” futbolchilari ham undan minnatdor. Murabbiy ularning barchasiga muntazam o‘yin amaliyoti va ishonch taqdim qildi. Valverde o‘z veteranlarini “zaxiraga mixlab qo‘ygan” stsenariy umuman kuzatilmadi. Sayyoraning eng yaxshi o‘yinchisi Leo Messi esa samarali natijalari bilan ularni yana baxtiyor qildi.

Yomon tomoni

Albatta tarkib faqatgina veteranlardan iborat emas. So‘nggi yozgi transfer bozorida klub o‘z e’tiborini yaqin kelajagi uchun asqotadigan iqtidorlarni “ovlash” bilan o‘tkazdi. Usmon Dembele, Nelson Semedu, Mark-Andre Ter Shtegen, Samyuel Umtiti, Filippe Koutino, Malkom, Artur va boshqalar shular jumlasidan. Ushbu yosh iqtidor egalari (va Koutino) “Barselona”ning kelajagi bir qismiga aylanishadi.

Ular orasida Ter Shtegendan boshqa hammasi Valverde qo‘li ostida qiyin pallalarni o‘z boshidan o‘tkazishdi. Umtitining vaziyati uning jarohatiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ammo qolganlar yordamdan ko‘ra ko‘proq to‘siqlarga duch kelishdi. Murabbiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar ko‘rsatmayapti, ammo uning tavakkal qilmaslikka bo‘lgan tabiiy xislati bunga sabab bo‘lmoqda. 2017/18-yilgi mavsumda klub uchun safda bo‘lgan iqtidorlarning etishmasligi bu mavsumda murabbiy uchun katta boshog‘rig‘iga aylangan.

Dembele qo‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishda qiynaldi. Yaqindan boshlab u super iqtidorga ega ekanligini qayta namoyon qila boshladi. Semedu Serxi Robertodan ancha kuchliroq, ammo u ozgina daqiqa bilan cheklanmoqda. Koutinodan yarim himoyachi sifatida foydalanish (katta tavakkal) variantidan tezda voz kechildi va unga vinger maqomi yopishtirib qo‘yildi.

Bunday iqtidorlarning muammolarga uchrashining asosiy sababi bu murabbiyning o‘ta ehtiyotkorligi bo‘ladi. Ayni vaqtda yana bir savol paydo bo‘ldi – Frenki De Yong “Ayaks” va Gollandiya termasidagidek ishonchni Valverdedan olishning uddasidan chiqadimi? Buskets va Rakitichlar yonidan muntazam joy olishda u nechog‘lik qiynalishi mumkin, buni albatta vaqt ko‘rsatadi.

Shuningdek, vaqt masalasi ham muhim. Fevralning yarmiga kelib “Barsa” ikki durangga imzo chekdi va yana bir “El Klassiko” va muhim o‘yinlar turganda eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farq olti ochkogacha qisqardi. Kamiga Qirol Kubogi yarim finali javob o‘yinida muxlislar yana bir “El Klassiko” guvohiga aylanishadi.

Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “Lion”ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Garchi ular frantsuzlar to‘sig‘idan o‘tishsa ham finalgacha yana ikki dovonni oshib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Agarda bu musobaqalardan birortasida xatoga yo‘l qo‘yilsa mavsum kataloniyaliklar uchun halokatga aylanadi. Albatta hamma klublar o‘z murabbiyigi to‘liq ishonch bildirishini istaydi. Ammo Valverdening ishlari ko‘ngildagidek ketayotgan pallada u bilan yangi shartnoma imzolash katta tavakkal hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
17/02/2019 17:33
Вальверде услуби барсага мос тушмайди