Neven Subotich endi “Gamburg” sharafini himoya qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Borussiya D” klubi himoyachisi Neven Subotich faoliyatini “Gamburg”da davom ettirishi mumkin.

Westdeutsche Allgemeine Zeitung nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, 28 yoshli futbolchi, tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lgach, yanvar oyida rurliklarning Marbelda o‘tkaziladigan yig‘iniga borib qo‘shiladi.

Qayd etish joiz, “Gamburg” allaqachon Emir Spaxich va Kleber Reys kabi himoyachilari bilan xayrlashib ulgurgan va markaziy himoya chizig‘ida faqatgina Yoan Juru va mergim Mavray kabi futbolchilar qolgan, xolos.

Ma’lumot o‘rnida, “Gamburg” ayni paytda  3 ta g‘alaba, 4 ta durang va 9 ta mag‘lubiyat bilan 13 ochko jamg‘argan holda, Bundesliga turnir jadvalida 16 o‘rinni band etib turibdi.

Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi bosh murabbiy rejalaridan tashqarida qolib, klubni tark etdi

 “Bavariya” himoyachisi faoliyatini “Gamburg”da davom ettirishi mumkin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!