Nigina Sankt-Peterburgda kuchli raqibga duch keldi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida "Neva Cup 2017" turniri davom etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Nigina Abdurailomova ham ishtirok etmoqda. Tennischimiz bugun o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi.
Dastlabki, davrada Nigina mezbonlar vakilasi Polina Leykinaga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 30 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda vakilamiz 6:1, 2:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Abduraimova ikkinchi davrada turnirning birinchi raketkasi Donna Vekich(Xorvatiya)ga qarshi bahs yuritadi. Mazkur qarama-qarshilik bugun Toshkent vaqti bilan soat 15.00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar