Nurmagomedov menejeri Saul Alvaresga qarshi jang tashkil qilishni istamoqda

UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali-Abdul Aziz rossiyalik jangchining boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares bilan jang qilishini istamoqda.

Alvaresning promouteri Oskar de la Xoyya ko‘p gapirmoqda. Keling, Saul va Xabib to‘qnashuvini tashkil qilamiz. UFC prezidenti Dana Uayt va Oskar uni qo‘llab-quvvatlaydi, – deb yozadi Aziz tvitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Nurmagomedov diskvalifikatsiya qilingan. Konor Makgregorga qarshi jangdan keyingi mushtlashuv bo‘yicha ish 10 dekabr kuni ko‘rib chiqilishi kerak edi, biroq Nevada shtati atletik komissiyasi yig‘ilishni noma’lum muddatga qoldirdi. Keyinchalik u 29 yanvarda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!