"Nyukasl" yozda Bundesliga klubidan zo‘r hujumchi sotib oladi
"Xoffenxaym" klubi forvardi Joelinton faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sport1 tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchini “Nyukasl” o‘z safida ko‘rmoqchi va buning uchun nemis klubiga 60 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Joelinton joriy mavsum “Xoffenxaym” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar