O‘FA vakillari "Inter" prezidenti Stiven Chjen bilan uchrashishdi

  • 16 dekabr, 2018, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor bundan avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarma boshlig‘i Diyor Isametdinov va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov Italiyaning Milan shahrida "Inter" klubi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
 
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra kecha vakillarimiz Milan shahrida "Inter" klubi direktori Stiven Chjen bilan uchrashishdi.  Uchrashuvda O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha "Inter" klubi bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Stiven Chjen 26 yoshda bo‘lib, Xitoyning "Suning" kompaniyasi rahbari. "Inter" klubi tarixidagi eng yosh prezident hisoblanadi. U uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu boradagi ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanini ham aytib o‘tdi. 

Shuningdek, O‘FA vakillari Diyor Isametdinov va Olim Arifov "Inter" klubi vitse-prezidenti, klubning afsonaviy futbolchisi Xaver Zanetti bilan ham uchrashishdi. 

 
Uchrashuv davomida argentinalik sobiq futbolchi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlik qilish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
 
O‘FA mutasaddilari "Inter" akademiyasiga ham tashrif buyurib, u erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!