Oksleyd-Chemberlen uzoq muddatli davolanishdan so‘ng yana safga qaytmoqda

  • 23.01.2019 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen keyingi oydan boshlab umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Bu haqda Liverpool Echo xabar bermoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, 25 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi yarim finalida jarohat olgan edi. U kutilganidan tezroq sog‘aydi.

Oksleyd-Chemberlen ayni damda fizioterapevt kuzatuvida yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!