Olim Arifov: O‘ziga hos libos yaratish uchun 3 oy kerak bo‘ladi

Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosariOlim Arifov "Jako" tomonidan tayyorlangan liboslar va shartnoma borasida yig‘ilganlarning savollariga javob qaytardi.

"Bu so‘nggi yillardagi eng yaxshi takliflardan biri bo‘ldi. Biz bir qancha takliflarni ko‘rib chiqdik va biz uchun eng ma’qulini – «Yako»ni tanladik.

Shartnoma 3 yilga mo‘ljallangan. Ushbu hamkorlik muvaffaqiyatli kechsa, kelishuv yana uzaytirilishi ham mumkin.

“Joma” bilan hamkorlikda hech bir libos bepul bo‘lmagan. Bu komaniyaning liboslarini yomon demoqchi emasman, shunchaki takliflar orasida eng yaxshisini tanladik.

O‘ziga hos libosni ishlab chiqish uchun eng kamida 3 oy kerak bo‘ladi va kelgusi musobaqalarda milliyligimiz aks etgan mahsus liboslardan foydalanamiz.

Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etsak, biz uchun bir qator bonuslar taqdim etiladi. Shuningdek, JCh saralashidan muvaffaqiyatli o‘tsak, o‘z talablarimizni qo‘ygan holda shartnomalarga yondashamiz", - dedi Arifov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
27/12/2018 19:49
Узига хос либосмиш...