Olimjonning kuchli raqiblarga "tishi" o‘tmayapti
O‘zbekistonlik professional bokschi Olimjon Nazarov faoliyatini AQShda davom ettirmoqda. Professional ringga 2008 yili qadam qo‘ygan hamyurtimiz o‘tgan yildan buyon Amerikadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda.
Eng e’tiborlisi, Olimjon Nazarov AQShdagi asosan o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan kuch raqiblariga qarshi jang o‘tkazmoqda. Xususan, Olimjon ummonortidagi barcha uchrashuvida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschilarga qarshi ringga chiqdi.
Olimjon Nazarov 17 fevral kuni bo‘lib o‘tgan jangida professional ringda hali engilmagan dominikanlik Dagoberto Agueroga qarshi o‘tkazdi. Bu bokschi 10 ta uchrashuvning barchasida zafar quchgan. Raqiblarini sakkiz marotaba nokautga uchratgan edi.

Olimjon Nazarov va Dagoberto Aguero o‘rtasidagi olti raundlik reyting jangi keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Ushbu uchrashuvda kichik ustunlik bilan Dagoberto Aguero foydasiga hal bo‘ldi.

Fikrlar