
Olimpiadaning ikki sovrindori bahsida tajribalisi zafar quchdi
Hindistonda Erkin kurash bo‘yicha Osiyo chempionatining 70 kilogramm vazn toifasidagi final bahsida Rio Olimpiadasi sovrindori, hamyurtimiz Ixtiyor Navro‘zov London Olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik Akjurek Tanatarov bilan raqobatlashdi.
Ushbu uchrashuvda har ikki kurashchi ham bor mahoratini ishga soldi.
Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bellashuv 11:7 hisobida Tanatarov g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ixtiyor polvon kumush medal bilan kifoyalandi.
Fikrlar