Olimpiya shon- shuhrati muzeyida MTM hamkorligida tadbir bo‘lib o‘tdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Bugungi kunda O‘zbekistona sodir etilayotgan barcha sohadagi islohotlar qatorida maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilariga  qaratilayotgan alohida e’tibor eng dolzarb masala bo‘lib turibdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  PQ-27-07-sonli Qaroriga asosan maktabgacha ta’lim tizimida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 2018 yil 21 fevral kuni Olimpiya shon–shuhrati muzeyida maktabgacha talim muassasalari xodimlari bilan hamkorlikda “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni sportga qiziqtirishning samarali yo‘llari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muzey ma’muriyati Sports.uz nashriga ma’lum qildi. 

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning axamiyati qanchalik muhimligini bildirish.

Tadbirga yanada aniqlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedogogika instituti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash markazining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi,  maktabgacha ta’lim jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, jismoniy tarbiya tinglovchilari,  barkamol avlod bolalar  markazi to‘garak raxbarlari tinglovchilari xamda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zolaridan Engil atletika bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari va xalqaro turnir g‘olibi Jasorat medali sohibi Miran Saxaatov,  Engil atletika bo‘yicha Yozgi paralimpiya o‘yinlari oltin medal sovrindori Jasorat medali sohibi Doniyor Soliev  ishtirok  etdilar.  Tadbir qiziqarli va mazmunli savol javoblarga boy bo‘ldi. Bugungi tadbir “Sog‘ tanda sog‘lom aql”   mavzusida o‘tkazildi.

Maktabgacha talim muassasasi xodimlarining yosh bolalar ayniqsa jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jismoniy tarbiya va sportning axamiyati qanchalik zarurligi xaqidagi savollariga sportchilardan aniq javoblar oldilar. Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bu kabi tadbirlarni o‘tkazish an’anaga aylangan. Muzey kelgusida “Bolalar kuni”, “Xalqaro Olimpiya kuni” ga bag‘ishlab yangi loyixalar ishlab chiqmoqda.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!