Omonmurodova 17 yoshli tennischini mag‘lub etdi
Hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkillashtirilgan "Newa Cup 2017" turniridagi yurishini davom ettirmoqda. Tennischimiz saralashning ikkinchi bosqichi doirasida bugun rossiyalik Ekaterina Shalimovaga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 57 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda Oqgul 17 yoshli tennischidan 6:3, 7:6 hisobida ustun keldi va so‘nggi saralash raundiga chiqdi.
Endi Oqgulga bu bosqichda yana bir rossiyalik raketka ustasi Sofya Lansere raqibalik qiladi.

Fikrlar