Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo O'yinlar

Osiyo o‘yinlari. Kanoechi qizlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishdi

Shahzod
Izohlar: 0

Bugun Osiyo o‘yinlarining 12-kun musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning kanoeda eshkak eshish sport turida ham bahslar  qizg‘in pallaga kirdi.  Ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova/Nilufar Zokirova tandemi marraga ikkinchi bo‘lib etib bordi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ular xitoylik raqiblaridan 3,6 soniya ortda qolishdi va 2:06.160 natija qayd etib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘yishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q