Osiyo o‘yinlari: Shunqor Abdurasulov ham oltin medallar uchun kurashni davom ettiradi

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarida boks bellashuvlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun musobaqaning chorak final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Unda vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib 52 kg vaznda ringga chiqqan Jasurbek Latipov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

60 kg vazn toifasida esa Shunqor Abdurasulov qirg‘izistonlik Argen Kadirbek uuluga qarshi ringga chiqdi.

Anchayin kuchli raqibga kechgan jangda referi ikki marta bokschimizda ochko olib tashlaganiga qaramay, o‘z ustunligini saqlab qoldi va haqli ravishda yarim finalga yo‘l oldi.

Endi Shunqor yarim final bellashuvida indoneziyalik Papendang Farrandni mag‘lub qilgan tailandlik Juntrong Rujakranga qarshi ringga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!