O‘zMUda taekvondo fakulteti tashkil etiladi
O‘zbekiston Milliy univeristetida yangi taekvondo fakulteti ochilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston24 xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabar tarqatishicha, ushbu ma’lumot Xalqaro taekvondo federatsiyasi Prezidenti Cho Chung Von va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilingan. Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimizda yirik xalqaro turnirlarni muntazam o‘tkazish, Xalqaro taekvondo federatsiyasining davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilayotgan taekvondo fakulteti faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, yurtimiz yoshlarini sportga keng jalb qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari muhokama etildi.

Fikrlar