O‘zbek bokschisidan super nokaut (foto va video)

  • 03.09.2017 13:05
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazgan hamyurtimiz Davron Quronboev bu galgi raqibini ham nokautga uchratdi.

Iste’dodli bokschimiz navbatdagi jangini Filippinda  Alexandro Lavasga qarshi o‘tkazdi.

- Uchrashuv juda qisqa davom etdi, - deydi Davron Quronboev SPORTS.uz axborot portaliga. - Birinchi raundning 36-soniyasida kuchli zarba bilan raqibni er tishlatdim.

Davron Quronboev ilk uchrashuvini ham Filippinda o‘tkazib, mezbonlar vakili  Arbin Eskayani nokaut qilgan edi.

Davronni ketma-ket ikkinchi nokauti bilan tabriklaymiz! Hamyurtimiz ishtirokidagi jangdan olingan videolavhani tomosha qiling.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!