O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xitoyga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaning Kolombo shahrida o‘tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi so‘nggi uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yin Kolombo shahridagi «SR&FC Grounds» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan 14:30 da boshlandi.
Musobaqa favoriti bo‘lgan Xitoyga qarshi kechgan o‘yinda Ilhom Xanjariev shogirdlari javobsiz 8 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Umumiy hisob kitoblarga ko‘ra guruhda 1 o‘rinni 12 ochko bilan Xitoy U-16 ayollar terma jamoasi egallagan bo‘lsa, Iordaniya hamda O‘zbekiston 7 ochkodan jamg‘arishdi. To‘plar nisbatidagi ustunlik evaziga Iordaniya guruhda 2 o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Ilxom Xanjariev shogirdlari birinchi turda Iordaniya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashgan bo‘lsa, ikkinchi turda Guam ustidan 3:1 hisobida, 3-turda esa Shri-Lanka ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Fikrlar