O‘zbekiston boks federatsiyasi jurnalistlarni matbuot anjumaniga taklif qiladi
Joriy yilning 30 aprel - 7 mart kunlari Toshkent shahridagi "O‘zbekiston" sport majmuasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Qit’amizning eng nufuzli musobaqasida 29 ta javlatdan 200 nafardan ziyod eng kuchli bokschilar ishtirok etadi. Osiyo chempionatida bokschilar sovrinli o‘rinlardan tashqari shu yilning avgust oyida Germaniyada boshlanadigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga beriladigan yo‘llanmalar uchun kurashadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi ommaviy axborot vositalari xodimlarini 29 aprel kuni tashkil etiladigan Osiyo chempionatining rasmiy matbuot anjumaniga taklif etadi.
Matubot anjumani "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida soat 17:30 da boshlanadi.

Fikrlar