O‘zbekiston ochiq kubogi start olmoqda

BEPUL PROPAN

Joriy yilning 9 - 10 iyun kunlari engil atletika bo‘yicha katta sport bayrami tashkil etiladi. Toshkent shahri mezbonlik qiladigan O‘zbekiston ochiq kubogida respublikamizning barcha viloyatlaridan saralangan sportchilar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Malayziya va Eron davlatlaridan tashrif buyuradigan mahoratli atletlarga qarshi o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishadi.

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan, ixtisoslashtirilgan Respublika engil atletika sport bazasi stadionida bo‘lib o‘tadigan musobaqa 2003 yilda tug‘ilgan va undan katta yoshdagi sportchilar ishtirokida bo‘ladi.

- Yurtimizda yoshlar o‘rtasida bunday nufuzdagi musobaqalarni ko‘proq tashkil etishga harakat qilayapmiz, sababi o‘sib kelayotgan  yigit-qizlarimiz orasidan kelajakda Osiyo o‘yinlari, Olimpiada musobaqalarida ishtirok etadigan atletlarimizni kashf qilish, ularni voyaga etkazish asosiy maqsadimiz hisoblanadi, - deydi O‘zbekiston engil atletka federatsiyasi bosh kotibi K.Ro‘zimuxamedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!