O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga yangi rahbar tayinlandi

CHERY AUTO

Joriy yilning birinchi fevral sanasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari konferentsiyasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov, vazirning sport ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Murodjon Aliev, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqavruv raisi Akmal Kamolov, O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov va federatsiya boshqaruv kengashi a’zolari va shahar va viloyat bo‘limlaridan 17 ta vakil ishtirok etdi.

Tecno

Konferentsiya qatnashchilari federatsiya prezidentligini tark etayotgan Alisher Sultanovga mamlakatimizda shaxmatning rivoji uchun qo‘shgan hissasi uchun tashakkur bildirishdi, shuningdek, MOQ prezidentining keyingi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilashdi.

Konferentsiya yakunida esa, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining boshqaruv tarkibi saylandi.

Prezident – Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich

Birinchi Vitse-prezident, FIDE vakili – Turdialiev Husan Xudoyqulovich

Vitse-prezident - Kamalov Akmal Saydakbarovich

Vitse-prezident – Qosimjonov Rustam Mashrukovich

Vitse-prezident – Umurzoqov Baxodir Xamidovich

Vitse-prezident – G‘ofurov Eldar Shukurovich

Vitse-prezident – Qo‘ziev Tursunali Karimovich

O‘zbekiston shaxma federatsiyasi bosh kotibi - Xolikova Xurshidabonu Xurramovna

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!