O‘zbekiston termasi neytral maydonda qanday o‘ynagan?

  • 22 mart, 2017, 09:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga terma jamoamiz Malayziyada JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Suriya termasiga qarshi bahs olib boradi. Yaxshi bilasiz, Suriyadagi notinch vaziyat sabab, terma jamoa o‘y uy uchrashuvlarini Malayziyada o‘tkazib kelmoqda. Xo‘sh, bizning futbolchilar neytral maydonda o‘ynaganlarida qanday natijaga erishgan? Quyida shu to‘g‘risida bilib olasiz.

Tecno

Falastin 0:3 O‘zbekiston

JCh-2006 saralashi. 1-bosqich. 8 sentyabr 2004 yil. O‘yin Qatar poytaxti Doxada tashkil etilgan

Germaniyadagi mundial uchun bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida yigitlarimiz Falastin bilan o‘yin o‘tkazish uchun Qatarga yo‘l olishgan edi. “Al-Rayyan” stadionida o‘tgan bellashuvda biznikilar Falastin termasi darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p yo‘llashning uddasidan chiqqan edilar. O‘shanda gollarga Mirjalol Qosimov, Server Jeparov va Marat Bikmaevlar mualliflik qilishgan edi.

Iroq 1:2 O‘zbekiston

JCh-2006 saralashi. 1-bosqich. 13 oktyabr 2004 yil. O‘yin Iordaniya poytaxti Ammon shahrida tashkil etilgan

Oradan biro y o‘tib esa termamiz Iroqqa qarshi o‘ynash uchun Iordaniyaga borishlariga to‘g‘ri kelgan edi. Ammo o‘sha bahsda ham vakillarimiz ortga g‘alaba bilan qaytishgan – 1:2. Bu safar vakillarimiz Aleksandr Geynrix xamda Maksim Shatskixlarning gollari evaziga safardan muxim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritgan xolda ortga qaytishgan edi.

Yaman 1:3 O‘zbekiston

JCh-2018 saralashi. 2-bosqich. 17 noyabr 2015 yil. O‘yin Qatar poytaxti Doxada tashkil etilgan

Bu o‘yin bo‘lganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Aynan ushbu saralash doirasida Doxadagi “Grand Xamad” stadionida kechgan bellashuvda yigitlarimiz Xaydarov, Jeparov va Andreevlar tomonidan kiritilgan gollar evaziga 3:0 hisobida oldinga chiqib olishgan edilar. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yamanlik futbolchilar himoyachilarimizning xatosidan unumli foydalangan xolda hisobni yirik ko‘rinish olishiga yo‘l qo‘yishmagan edilar.

Ko‘rib turganingizdek, futbolchilarimiz neytral maydonni “xush ko‘rishadi”. Har xolda natijalar bizni shunday xulosaga kelishimzga sabab bo‘lmoqda. Ertaga ham termamizdan neytral maydondagi g‘alabalarimiz miqdorini yana bittaga oshirishlarini kutib qolamiz.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!