
Terma jamoadan chaqiruv olmagan top futbolchilar
Yaxshi bilasiz, bu hafta FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi. Ya’ni , terma jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi. Ushbu o‘yinlar uchun terma jamoalar murabbiylari allaqachon chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yhatini e’lon qilishgan. E’tiborlisi, shunday mashhur va ajoyib formada bo‘lgan futbolchilar borki, ular terma jamoaga jalb etilishmadi. Quyida shunday futbolchilar haqida hikoya qilamiz.
- “Ayaks”ning qimmatbaho sotuvlari
- “Real”ning La ligadagi eng yaxshi to‘purarlari Top-10 ligi
- Legionerlarimiz dam olish kunlari qanday o‘ynashdi?
Markos Alonso
Markos bu mavsum APLda 23 ta o‘yinda ishtirok tishga ulgurdi va buncha o‘yinda ispaniyalik futbolchi 4 ta gol kiritib, ikki bor sheriklarini golli uzatma bilan ta`minladi. APLda peshqadamlik qilayotgan klubing asosiy futbolchisi terma jamoaga chaqirilmadi. Shaxsiy ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘lgan Nacho Monreal esa terma jamoadan chaqiruv oldi.
Xuan Mata
Ispaniya terma jamoasining 25 talik ro‘yhatidan Vitolo, Deulofeu va Aspaslarga joy topildi. Ammo Mataga bu erda joy topilmadi. To‘g‘ri, yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilar ajoyib formada. Jumladan, Aspas bu mavsum juda yaxshi to‘p surishmoqda. Biroq ularning hech birini Matadan ustun ko‘rmagan bo‘lar edim, bu shaxsiy fikrim albatta. Ispaniya termasi bosh murabbiyi Xulen Lopotegi esa Matani Isroil va Frantsiyaga qarshi bellashuvlarga jalb etgani yo‘q.
Sesk Fabgregas
Xa, Fabregasning 25 talikka kiritilmagani balki, mantiqan to‘g‘ridir, Chunki, Sesk “Chelsi”da asosan zahiradan o‘yinga qo‘shilmoqda va o‘yin amaliyoti biroz kam. Ispaniya termasida esa markazda o‘ynaydigan futbolchilar talaygina.
Teo Uolkott
“Arsenal”ning hujumkor yarim himoyachisi bo‘lgan Uolkott so‘nggi bir oy davomida 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Albatta bu gollar “Satton”, “Linkoln” va hech narsani anglatmagan “Bavariya”ga kiritilgan gollar edi, xolos. Inglizlar bosh murabbiyi Garri Sautgeyt esa Teoni termaga jalb etiladigan darajada emas deb topdi.
Klaudio Markizio
Markizio jarohatidan so‘ng “Yuventus” tarkibidan ko‘p ham joy olayotgani yo‘q va bu qaror ham qaysidir ma’noda to‘g‘ridir. Biroq Italiya termasi bosh murabbiyi Ventura “skuadra adzurra”ga xattoki, B Seriyadan ham futbolchilarni jalb etgani…
Aleksandr Lyakazett
“Lion”ning forvardi bu mavsum Frantsiya chempionatida 23 ta gol kiririshga ulgurdi. Faranglar ustozi Dide Desham esa “Londonda zerikkan” Payetni, “Arsenal” zahirasida o‘tiradigan Jirularni termaga jalb etdi. Ammo Lyakazett bundan mustasno.
Mauro Ikardi
Argentinaliklar ustozi Edgardo Bausa Ikardining termaga jalb etilmaganining sababi sifatida – Mauro jamoaviy o‘yinchi emasligini ko‘rsatib o‘tdi. A Seriyada 20 ta gol kiritib, 8 bor sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan Ikardi qolib, janob Bausa Xitoyda so‘nggi bir yilda birorta gol kiritmagan Lavessini va Braziliya chempionatida o‘rtamiyona o‘yin ko‘rsatayotgan Lukas Prattoni termaga jalb etdi.
Bonus
Fozil Musaev
Musaev ayni vaqtda Osiyoning eng kuchli ligalaridan sanalgan J ligada to‘p surayotganidan xabaringiz bor. To‘g‘ri, Fozil u qadar kuchli bo‘lmagan “Jubilo Ivata”da to‘p surayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo u muntazam jamoasining asosiy tarkibidan joy egallab kelmoqda va xattoki, J liga 2-turining ramziy termasidan joy egalladi. Ammo Samvel Babayan Musaevni terma jamoaga jalb etmadi. Bizning yarim himoya chizig‘imiz doimo, kuchli futbolchilardan tashkil topib kelganini yaxshi bilamiz. Ammo “Bunyodkor”dagi Otabek Shukurovni bugungi kunda Musaevdan ustun ko‘rmagan bo‘lar edim, bu ham shaxsiy fikr.
Ps: Ushbu ro‘yhatga Iker Kasilyas, Marsel Shmeltserlarni ham kiritishim mumkin edi. Ammo qo‘pol qilib aytganda ularning “davri o‘tdi”.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
- EChLdan maktabdagi imtihon muhim!!!
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar