O‘zbekistonlik hakam Braziliya - Ispaniya uchrashuvini boshqaradi

  • 6 noyabr, 2018, 16:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekistonlik hakamlar bir qator xalqaro musobaqalarga taklif etilayotgani va o‘sha musobaqalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Bu esa FIFA va OFKning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. 

Jumladan, o‘tgan yilning 29 noyabr kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyoning eng yaxshilarini aniqlashga bag‘ishlangan AFC ANNUAL AWARDS 2017 marosimida hamyurtimiz, Plyaj futboli hakami Baxtiyor Namozov OFKning maxsus sovriniga loyiq deb topilgandi.
 
O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha Baxtiyor Namozov BAAda bo‘lib o‘tayotgan Plyaj futboli bo‘yicha "Dubai Cup" Xalqaro musobaqasidan taklif oldi. Hamyurtimiz bugun ushbu musobaqa doirasidagi Braziliya - Ispaniya uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlaydi.    

"Dubai Cup" Xalqaro musobaqasida BAA, Misr, Eron, Rossiya, Taiti, AQSh, Ispaniya kabi terma jamoalar qatnashishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!