O‘zbekistonlik sportchi Londonda tengsiz deb topildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya poytaxti London shahri 2017 yilning 15-25 iyul kunlari sportning engil atletika turi bo‘yicha  o‘tkazilayotgan jahon chenpionatiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan atletimiz Xusnuddin Norbekov  disk uloqtirish bo‘yicha  54.73 natijani qayd etib, shohsupaning  birinchi o‘rinini egalladi.  

Bu uning faoliyatidagi ikkinchi chempionlik unvonini bo‘ldi. Bundan oldin 2015 yil Qatar poytaxti Doha shaxrida bo‘lib o‘tgan para-engil atletika bo‘yicha jahon chempionatida xam Xusnuddin Norbekov 53.81 natijasi bilan chempion bo‘lgan edi. Endilikda hamyurtimiz 23 iyun kuni yadro uloqtirish bo‘yicha musobaqalarni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 10 kun davom etadi.  Musobaqada ishtirok etayotgan 1056 ta sportchi 213 ta medallar uchun kuch sinashadilar. Ular orasida hamyurtlarimizdan 7 nafari yadro uloqtirish, nayza otish, yugurish, uzunlikga sakrash bo‘yicha bahslarga kirishadilar.

Yulduz Rahmatova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!