
O‘zbekistonning eng tezkor avtopoygachilari aniqlandi
Jizzaxda avtopoyga bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, O‘zbekiston milliy avtomobil federatsiyasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Toshkent shahridan 10 dan ortiq sport klubi ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida Jizzax viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi avtopoygachilari birinchi o‘rinni egalladi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘ringa Jizzax viloyati o‘quv sport-texnika klubi, uchinchi o‘ringa Toshkent shahar Shayxontohur tumani avtosport klubi jamoalari sazovor bo‘ldi.
Fikrlar