O‘zil PSJga o‘tishni xohlamayapti

  • 31.01.2019 10:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi hujumkor yarim himoyachisi Mesut O‘zil ijara asosida PSJga o‘tishni xohlamayapti. Bu haqda Süddeutsche Zeitung nashri xabar bermoqda.

Parijliklar 30 yoshli germaniyalik futbolchi bilan o‘zlarining hujum chiziqlarini kuchaytirishmoqchi. Bu jamoaning asosiy hujumchisi Neymarning uzoq muddatga safdan chiqqani bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, O‘zil joriy mavsum “Arsenal” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!