
PFLning maxsus ishchi-guruhi “Buxoro”ni litsenziyalash talablari ijrosi bo‘yicha monitoringdan o‘tkazdi
“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.
Ta’kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab boradi.
Ishchi guruh bugun dastlab, Buxoroga tashrif buyurdi va “Buxoro” futbol klubidagishart-sharoitlarni monitoring qildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash lozim, ayni damda klubdagi sharoit qoniqarli darajada emas va klub hozirdan kelasi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlamasa, unga jiddiy choralar qo‘llanilishi ham mumkin.
“Buxoro” futbol klubida qilingan monitoring bo‘yicha xulosalar:
- Stadion maysasi qoniqarsiz holatda va klub uni yaxshilash haqida hali PFLga reja taqdim qilmadi;
- Stadion tribunalari talabga javob bermaydi. VIP hamda CIP toifasidagi tribunalar yangilanishi talab etiladi. Shuningdek, stadion media tribunasi talab darajasida emas va OAV xodimlari uchun sharoit qoniqarsiz;
- Klub marketing va media sohalarida kamchiliklar mavjud va klub ushbu shtatlarga malakali mutaxassislarni jalb etishi uchun harakat qilishi lozim;
- Klubda faoliyat yuritadigan shtatlar masalasi qoniqarsiz va bu borada PFL monitoring guruhi “Buxoro”ga ushbu masalani qaytadan ko‘rib chiqishini maslahat berdi.
Fikrlar