
Pablo Karreno-Busta go‘zal Petra ortidan ketdi
Ispaniyalik Pablo Karreno-Busta va gollandiyalik Robina Xaaz "Western & Southern Open" turnirining chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi.
Ular o‘rtasida o‘tgan mazkur bahsga Tsintsinnati shahri mezbonlik qildi. Unda Pablo raqibini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub qildi.
Endi Karreno-Busta musobaqaning chorak finalida rossiyalik Karen Xachanov va xorvatiyalik Marin Chilich uchrashuvi g‘olibiga qarshi raqobatlashadi.
Fikrlar