Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Pakyaoni mag‘lub qilgan bokschi Meyvezerning ham dodini bermoqchi

Izohlar: 0

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasining WBO versiyasi bo‘yicha yangi jahon chempioni avstraliyalik Jeff Xorn filipapinlik Menni Pakyaoni mag‘lub qilgandan so‘ng Floyd Meyvezer bilan urushish niyati borligini ma’lum qilgan.

– Nima uchun yo‘q? U UFC jangchisi bilan urushish uchun ringga qaytmoqda. U mazkur jangda g‘alaba qozoncha, faoliyatidagi 50-g‘alabasini qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatishi mumkin. Endi nima uchun haqiqiy raqib va jahon chempioni bilan uchrashib, rekord o‘rnatmasligi kerak, – deydi Xorn BoxingScene nashriga.

Xorn Pakyao bilan 2 iyul kuni Brisbenda (Avstraliya) kuch sinashib, hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘olib deb topildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q