
Para-atletika bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilarimiz tantanli kutib olindi
London-2017 Para-atletika Jaxon Chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 7 ta medalni qo‘lga kiritib 1 ta Jaxon va 1 ta Osiyo rekordlarini yangiladilar.
Londonda o‘tkazilgan para-atletika bo‘yicha Jahon chempionati hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Biroz oldin Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi, sportchilar va ularning oilaviy a’zolari ishtirok etishdi.
10 kun davom etgan ushbu musobaqada 7 nafar xamyurtimiz ishtirok etib, shuncha medalni qo‘lga kiritdi.
Xususan, 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda ayollar o‘rtasida yadro otish sport turidan Sofiya Burxanova 14.76m hamda erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish musobaqalarida Xusniddin Norbekov 14.87m natija bilan kumush medallarni qo‘lga kiritib O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 medalarni yozib qo‘ydilar.
Eslatib o‘tish lozim, 10 kun davom etgan bahslarda nayza otish sport turi bo‘yicha Aleksandr Svechnikov oltin, uzunlikga sakrash bahslarida Doniyor Soliev oltin, disk otish sport turida Xusniddin Norbekov oltin, nayza otish sport turida Nozima Kayumova kumush, yadro uloqtirish va disk otish musobaqalarida Sofiya Burxonova 2ta kumush, yadro uloqtirish bahslarida Norbekov Xusniddin kumush medallarini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot o‘rnida, London-2017 Jaxon chempionatida jami butun dunyodan 1050 nafar sportchi ishtirok etib, 213 ta medallar shodasi uchun kuch sinashdilar.
Fikrlar