Paradzyudo. O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

  • 21 mart, 2018, 09:19
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

 

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi 2018 yilning sentyabr-oktyabr oylarida Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Para Osiyo O‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shu maqsadda, shuningdek, viloyatlarda selektsiya qilingan sportchilarning jismoniy xolatini va ega bo‘lgan texnik-taktik malakasini aniqlash maqsadida kecha, 20 mart kuni Qashqadaryo viloyatidagi “Geolog” sport markazida Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan paralimpiya sportchilari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatini o‘tkazildi.

Bunda 100ga yaqin sportchilar, jumladan erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 vazn toifasida hamda ayollar -48, -52, -56, -63, -70, +78 vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni Xorazm viloyati, 2-o‘rinni Samarqand viloyati va 3-o‘rinni Buxoro viloyati terma jamoa sportchilari egalladilar.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!