
“Paxtakor” shu kunlarda yangi bosh murabbiyni tanishtiradi
So‘nggi paytlarda Toshkentning “Paxtakor” klubiga yangi murabbiy tayinlanishi borasida xabarlar tarqalgandi. So‘nggi uch oy ichida ikki marta murabbiy almashtirgan “sherlar”ga endi o‘z vaqtida Gruziyaning yorqin yuldzi bo‘lgan Shota Arveladze ustozlik qilishi kutilmoqda.
SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, Gruziya terma jamoasining sobiq hujumchisi yaqin kunlarda “Paxtakor”da ish boshlaydi. Ayni paytda “sherlar” mutasaddilari ushbu mutaxassisning viza masalasini hal qilmoqda. U Jasur Abduraimov щrnini egallaydi. Ammo klub matbuot xizmati bu xabarlarni tasdiqlamadi.
Shuningdek, toshkentliklar shu kunlarda 44 yoshlik murabbiy bilan shartnoma imzolashlari mumkin.
Fikrlar