"Paxtakor" stadioniga chiptalarini elektron shaklda xarid qilish mumkin
"Paxtakor" klubining uy uchrashuvlariga chiptalarni "Kassa.uz" orqali elektron shaklda xarid qilish imkoniyati paydo
bo‘ldi, deya ma’lum qilmoqda klub matbuot xizmatiyu
"Paxtakor" va "Kassa.uz" sayti o‘rtasidagi kelishuv natijasida ishqibozlar endilikda "Paxtakor"ning uy bellashuvlariga chiptalarni istalgan joyda turgan holda xarid qilish imkoniyatiga egalar. "Kassa.uz" saytining sport tadbirlari bo‘limida 12 avgust kuni o‘tadigan "Paxtakor" - "Neftchi" o‘yiniga chiptalarni 11, 13, 31, 32, 33, 34 va 35-sektorlar uchun 10 va 20 ming so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Elektron vaucher uchrashuv kuni stadion kassasida chiptaga almashtirib beriladi.

Fikrlar