Pellegrini MYuga o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasi tarkibida "Roma" yarim himoyachisi Lorentso Pellegrinini ko‘rishni istamoqda.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis 22 yoshli italiyalik futbolchini qishki transferlar davrida jamoasiga jalb etmoqchi. Agar mankuanliklarning bu niyati qishda amalga oshmasa, ular mavsum yakunlangach ham Pellegrinini qo‘lga kiritishga urunib ko‘rishadi.
Ma’lumot uchun, “Roma” Pellegrinini 2017 yil “Sassuolo”dan 10 million evroga sotib olgan. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar