Pepsi Superliga. "Paxtakor" 10 kishi qolgan AGMKdan ustun keldi

  • 12 iyul, 2018, 22:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Pepsi Superligasida qoldirilgan 14-turdan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Olmaliqning AGMK klubi o‘z maydonida Toshkentning "Paxtakor"ini qabul qildi.

Tecno

Ushbu o‘yinda "sherlar" 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Jasur Yaxshiboevning goli evaziga 3 ochkoga ega chiqishdi. Bu vaqtga kelib esa "konchilar" maydonda 10 ta bo‘lib qolishgan edi.

Boisi, 52-daqiqada Muzaffar Muzaffarovga uchrashuv bosh hakami Vladislav Tseytlin unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!